
Bu yerda bo'lib turganimdan juda xursandman. Bu men uchun ilk bor terma jamoadan taklif olganimdek tuyulmoqda. Braziliya terma jamoasi har qanday futbolchi uchun faoliyatidagi alohida katta sahifa bo'lishi tabiiy. Terma jamoadan taklif olish bu o'zgacha hissiyotlarni keltirib chiqaradi. Bu yerdagi barcha futbolchilar o'zaro do'stlik aloqalariga egalar. Braziliya terma jamoasida hamma o'zini juda yaxshi his etadi va asosiy tarkibga kirish uchun kurashadi. Barcha imkoniyatlarimni ishga solib, murabbiy ishonchini oqlashga harakat qilaman. Asosiysi terma jamoa safidan o'rin olish.