"Marsel" Tovenni sotadi

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2020
"Marsel" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Florian Tovenning narxini arzonlashtirdi.

Francuz klubi futbolchini 20 million evro evaziga sotib yuborishga tayyor. Moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolgan "Marsel" rahbariyati pulga muhtojligi tufayli Tovenni arzonlashtirilgan narxda sotishga qaror qildi. 

Mish-mishlarga qaraganda, Tovenga A Seriyaning bir qator klublari, jumladan, "Milan"dan ham jiddiy qiziqish bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L’Equipe