

29 yoshli fransiyalik futbolchi bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Toven yanvar oyi oxirida erkin agentga aylandi, chunki "Tigres" mavsum uchun yangi o'yinchi Nikolas Ibanes bilan shartnoma imzolash uchun bitimni bekor qildi.
Fransiyalik futbolchi 2021 yildan buyon Meksika klubida o'ynab kelayotgandi: 38 ta o'yin, 8 ta gol va 5 ta golli uzatma.
Avvalroq 2018 yilgi jahon chempioni Fransiyada "Grenobl", "Bastiya" va "Marsel" jamoalarida to'p tepgan. U 2015 yildan 2017 yilgacha "Nyukasl"da o'ynagan.



