"Marsel" "Barselona" yarim himoyachisini sotib oldi

Sherzod Nurmatov
30 iyun 2021
Fransiya klubi o'z rasmiy saytida transfer haqida e'lon qildi.

"Barselona"ning yosh futbolchisi Konrad de la Fuente klub bilan 4 yillik shartnoma tuzdi. O'yinchi o'ziga 20-raqamni tanladi.

Ko'plab OAVning xabariga ko'ra, "Marsel" futbolchi uchun 3,5 million evro to'laydi.

Yarim himoyachi "Barselona B" tarkibida o'ynagan va vaqti-vaqti bilan asosiy jamoaga chaqirilgan. Amerikalik o'tgan mavsumda Chempionlar Ligasida 2 ta va Ispaniya Kubogida 1 ta o'yin o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: om.fr