"Marsel" "Atletiko" futbolchisi uchun raqobat qilmoqda

Alisher
13 iyun 2020, 15:30
"Marsel" "Atletiko" himoyachisi Santyago Ariasga qiziqmoqda.

Xabarlarga ko'ra, francuzlar 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun 15 million evro taklif qilishga tayyorlar.

Xabar qilinishicha, o'yinchiga shuningdek "Everton", "Inter", "Roma" va "Napoli" klublari qiziqish bildirmoqda.

Arias joriy mavsum "Atletiko" libosida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etgan. Transfermarkt futbolchini 12 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo