Marotta: "Yuventus" Verrattiga qiziqish bildirmayapti, biz 100 mln. evro to'lamaymiz"

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2017, 15:56
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marotta jamoa PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattiga qiziqish bildirayotgani haqidagi ma'lumotlarni rad etdi.

"Texnik sifatlarga baho berib, talab qilinayotgan pullarni hisobga olsak, Verattiga qiziqmayapmiz deya olamiz. U uchun albatta 100 mln. evro to'lamaymiz" - deydi Marotta.

O'tgan hafta oxirida Marko Verratti PSJni tark etish niyatini bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia