

Marokash asosiy posboni Yassin Bunu maydonga tushib keldi va jamoadoshlari bilan birga madhiyani ham aytdi.

Keyin esa... uchrashuvni zaxira posboni Munir boshladi. FIFA ham hech qanday o'zgarish haqida e'lon qilgani yo'q.

Championat.asia saytining stadionda bo'lib turgan muxbiri marokashlik jurnalistlardan ma'lumot oldi. Yassin Bunu madhiyani kuylab bo'lgach qornida og'riq sezgan va tezda bir xonaga borishga majbur bo'lgan. Murabbiylarda uning o'rniga zaxira posbonini tushirishdan boshqa chora qolmaydi. Ana shunaqa...



