

"Sevilya" "Al Hilol" bilan kelishib oldi. Darvozabon Saudiya Arabistoni klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzadi.
Futbolchi uchun 21 million evro to'lanadi.
Bunu o'tgan mavsum "Sevilya" uchun 60 ta o'yinda qatnashib, 7 ta o'yinni "quruq" o'tkazdi. U "Sevilya" Yevropa Ligasini yutdi va "Roma"ga qarshi final bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Kecha uning jamoasi "Manchester Siti"ga qarshi Yevropa Superkubogi uchun bahsda mag'lub bo'ldi.
Avvalroq marokashlik posbonga PSJ va "Real" tomonidan qiziqish bo'lgandi.



