"Real" Yassin Bunu borasida muzokaralarni boshladi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2023, 12:22
Madridliklarga Tibo Kurtua o'rniga futbolchi kerak.

Madridning "Real" klubi "Sevilya" bilan Yassin Bunu uchun muzokaralarni boshladi, deb xabar berdi "Marca".

Madridliklar Tibo Kurtuaning og'ir jarohati, shuningdek, belgiyalik o'yinchining o'rinbosari Andrey Luninga bo'lgan ishonchsizlik tufayli yangi posbonga muhtoj.

"Real"ga darvozabonning bo'yi (192 santimetr), xarizmasi va La Ligadagi tajribasi (157 ia o'yin) yoqadi. Yassin Bununing shartnomasidagi tovon puli – 50 million evro. "Real" buncha pul to'lamaydi, ammo "Sevilya" moliyaviy muammolar tufayli yetakchi o'yinchilarni sotishga ochiq va ehtimol, narxni pasaytirishga ham tayyor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca