Marko Verratti: "Menga "Yuventus" qiziqayotganidan faxrlanaman"
Tolibjon Qosimov
17 may 2014, 16:37
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti o'z klubini tark etmoqchi emasligini ma'lum qildi.
– "Yuventus" menga qiziqayotganidan xursandman. Bu Italiyaning eng yaxshi jamoasi. Biroq PSJda barchasi meni qoniqtirmoqda, men bu klubni tark etmoqchi emasman, - deydi Verratti Tuttosport nashriga.