Marko Roys “Bavariya”ning Bundesligada yetakchi bo'lib olganini xotirjam qabul qildi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2019, 01:18
Dortmundning “Borussiya” jamoasi forvardi Marko Roys Bundesliganing 25-tur o'yinlarida so'ng peshqadam bo'lib olgan “Bavariya” haqida fikr bildirdi.

“Bavariya” musobaqa jadvalida karvonboshi bo'lib oldi? Bu jiddiy emas. Mavsum oxirida qaysi klub jadvalning yuqori o'rnida bo'lishi mana shu asosiysi.” – deydi germaniyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, “Bavariya” hamda “Borussiya D” 57 ochko bilan Bundesliganing mos ravishda birinchi va ikkinchi pog'onasini egallab turibdi. Faqatgina to'plar nisbatiga ko'ra, myunhenliklar (62:27) dortmundliklardan (61:28) yuqorida joylashgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DW Sports