Marko Roys: “Orzularim qandaydir soniyalarda chilparchin bo'ldi”

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2014, 19:23
Germaniya terma jamoasi hamda Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Marko Roys o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
U Armanistonga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olib, jahon chempionatini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi. 

“Nima deyishni ham bilmayman. Hozir hayolimdan o'tayotgan narsalar faqat o'zimgagina ayon. Orzularim qandaydir soniyalar ichida chilparchin bo'ldi. Nachora, endi muolajalarni olib, maydonga yanada kuchliroq bo'lib qaytishim kerak.

Fursatdan foydalanib, terma jamoamizga omad tilayman. O'ylaymanki, men orzu qilgan cho'qqini zabt etishni Germaniya terma jamoasining har bir a'zosi ham istaydi. Ishonamanki, ular mensiz ham bu vazifani uddalashadi”, - deya “Borussiya” rasmiy saytiga intervyu bergan Roys.

Eslatib o'tamiz, Marko Roys taxminan 5-6 haftadan so'ng maydonga qaytadi. Mundialni esa aniq o'tkazib yuboradi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com