Marko Asensio "Real"dan ketishni xohlamasligini aytdi

Alisher
1 iyun 2022, 11:47
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio Madrid klubidan ketishni xohlamayapti.

O'yinchining jamoa bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Unga ko'plab top-klublar qiziqish bildirdi, ammo futbolchining o'zi jamoasini o'zgartirmoqchi emas.

Oldinroq, "Real"ning 26 yoshli ispan bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayotgani va uni sotishga yoki bitimga qo'shishga tayyorligi aytilgan edi.

Asensio o'tgan mavsum "Real" tarkibida 42ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cadena SER