Markizioning operaciyasi muvaffaqiyatli o'tdi va u olti oy maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
19 apr 2016, 17:47
"Yuventus" yarim himoyachisi Klaudio Markizio jarohatlangan tizzasini operaciya qildirdi.

Futbolchi "Palermo"ga qarshi A Seriyaning 33-tur uchrashuvida jarohat olib, maydonni muddatidan avval tark etgan edi.

Professor Flavio Kvalya o'tkazgan operaciya muvaffaqiyatli yakunlandi va futbolchi olti oydan so'ng maydonga qaytishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com