Markinos Neymar transferi haqida: "Ispan matbuoti bizni bezovta qilmoqchi"

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2018, 20:32
PSJ himoyachisi Markinos jamoadoshi Neymarning "Real"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

"Ispan matbuoti? O'ylashimcha, ular bizni biroz bezovta qilishmoqchi. Neymar qanday o'ynayotganini ko'ryapmiz va ular uni yo'ldan adashtirishmoqchi.

U biz bilan o'ynaydi, u endigina Parijga keldi. U yaxshi va baxtli ekanligini hamma ko'rayapti. Bu yerda o'z maqsadiga yetish uchun uning do'stlari va unga kerakli hamma narsa bor", - dedi Markinos.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com