Markinos faoliyatining qolgan qismini PSJda o'tkazishi mumkin

Alisher
25 apr 2022, 11:48
PSJ himoyachisi Markinos yana bir bor faoliyatini klubda davom ettirishni xohlashini aytdi.

"Hozir PSJdan ketish haqida o'ylamayapman, hozirda bunday rejalar menda yo'q. Agar faoliyatimning qolgan qismini shu yerda o'tkazish imkoniyati bo'lsa - men roziman! Men Parijda baxtliman", - deydi Markinos.

PSJ ayni damda 27 yoshli jamoa sardori bilan shartnomani uzaytirishni muhokama qilmoqda. Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Markinos 2013 yildan beri PSJda o'ynaydi. U parijliklar tarkibida barcha musobaqalarda 359ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Canal Plus