Markao safga qaytdi va Yevropa Ligasi finaliga tayyorlanmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
26 may 2023, 13:18
"Sevilya" himoyachisi Markao jarohatidan forig' bo'ldi va Yevropa Ligasi finaliga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Bu mavsum 26 yoshli braziliyalik jarohat sabab bor yo'g'i 10 ta uchrashuvda ishtirok eta oldi. Shunga qaramay, klub va himoyachining o'zi mavsum oxiri omadli bo'lishiga ishonadi.

Eslatib o'tamiz, Markao "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda Zabicer bilan to'qnashuvdan keyin safdan chiqqandi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia