Mark Overmars: “Van Galda boshqa hech kim bizni bu bosqichga qadar borishimizni kutmagandi”

17 apr 2019, 20:43
“Ayaks” sport direktori Mark Overmars jamoasining YCHL yarim finaliga yo'llanma olishiga munosabatini bildirdi.

“To'g'risini aytganda, hech kim bunchalik uzoqqa borishmizni kutmagandi. Lui van Galdan boshqa. Bir necha oy ilgari u menga aynan bu jamoa hozirgi bosqichga qadar yetib bora olishi haqida aytgandi. O'shanda men ham unga ishonmagandim.

O'yindan oldin bizda imkoniyat bo'lishi haqida shubhalarim bor edi. “Yuventus” bir hafta dam oldi, biz esa har uch kunda o'yin o'tkazishga majbur bo'ldik. Biz mo'jizaviy ishni amalga oshirdik. Kvalifikaciya bahslarini qo'shib hisoblaganda biz 20 ta match o'tkazdik Chempionlar ligasida. Bu   futbolchilar va murabbiylar shtabining katta yutug'i. Biz o'z uslubimizda raqibni mag'lub etdik, bundan judayam faxrlanaman. Bu Gollandiya futbolining ijobiy reklamasi hamdir. Bunaqasi faqat bir marta sodir bo'ladi”, dedi Overmars NOS telekanali efirida.

O'xshash yangiliklar


Manba: NOS