

"Milan" safida to'p tepish juda maroqli edi. Men klub rahbariyatidan yaratib berilgan imkoniyat uchun minnatdorman, murabbiylar shtabi vakillari hamda jamoadoshlarimga - amalga oshirilgan mehnatlari va nafaqat kuchli sportchi, balki ajoyib insonliklari uchun. Buyuk klubni Yevropa Chempionlar Ligasiga qaytara olganimizdan juda xursandman. Klub a'zolariga kelajakda barcha ezgu niyatlarni tilab qolaman", - deb yozadi Manjukich "Instagram"dagi sahifasida.
Manjukich "Milan"ga 2021 yil yanvar oyida erkin agent maqomida kelib qo'shilgandi. Yakuniga etgan mavsumda hujumchi Italiya A Seriyasining 10 ta o'yinida ishtirok etdi.



