Mario Getce jarohatidan qutuldi

Narzulla Saydullayev
25 sen 2013, 10:01
Myunxenning Bavariya va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mario Getce jarohatidan qutuldi.

U Germaniya kubogi ikkinchi bosqichi doirasidagi Gannoverga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin. Getce o'yindan oldingi mashg'ulotlarda umumiy guruh bilan birga shug'ullandi.

- Getcega formasini tiklab olishi uchun vaqt kerak, sababi u uzoq vaqt davolandi va yana jarohat oldi, - deydi Bavariya ustozi Xosep Gvardiola Reuters axborot agentligiga. - O'yin kuni Mario maydonga tushish yoki tushmasligini hal qilamiz. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru