Mario Balotelli: "Asosiysi - "Milan" g'alabaga erishdi"

Tolibjon Qosimov
15 fev 2014
"Milan" hujumchisi Mario Balotelli "Bolonya"ga qarshi o'yinda jamoasiga g'alaba keltirgan goli haqida gapirib o'tdi.
"Raqib posboni biroz oldinga chiqib ketganini ko'rishim bilan darvoza tomon to'pni kuchli zarb bilan yo'lladim. Zarba ko'ngildagidek chiqdi.

Shu o'rinda Klarens Zeedorfga menga bildirgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Eng asosiysi - jamoamiz g'alaba qozondi", - dedi Balotelli.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net