Mariano Dias "Real"dan ketishga yaqin

Mirjalol Normatov
28 avg 2020, 14:29
"Real" hujumchisi Mariano Dias faoliyatini Portugaliyada davom ettirishga yaqin turibdi.

"Record" xabariga ko'ra, klublar o'zaro kelishuvga erishgan. Unga ko'ra, Portugaliya klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga oladi.

Muammo shundaki, dominikanlik futbolchi Portugaliyadagi maoshini kelishib olishi kerak. Chunki "Benfika" futbolchiga yiliga 4,5 mln evro maosh to'lashi lozim bo'ladi. "Burgutlar" esa summani biroz tushirishga harakat qilmoqda.

Oldinroq Dias koronavirusga chalingani ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Record