Marez mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishda davom etmoqda

2 fev 2018, 14:56
"Lester" yarim himoyachisi Riyad Marez mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishda davom etmoqda, deya xabar bermoqda Mirror ashri.

Eslatib o'tamiz, klub uni qo'yib yuborishi haqida so'ragandi. O'tgan yili yozgi transfer vaqtida Marez Italiyaning "Roma" jamoasiga ko'chib o'tishga uringandi. Qishki transfer oynasi vaqtida esa faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishni istab qoldi. Ammo "Lester" futbolchini sotishdan bosh tortdi. "Lester" futbolchilari Marezdan biroz xafa bo'lishmoqda. Avval xabar qilinishicha, jamoadoshlari unga kamsituvchi laqab to'qishgandi.


O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru