Marez: "Manchester Siti" har o'yin yirik hisobda g'alaba qozona olmaydi"

Aslanov Jasurbek
5 dek 2018, 11:59
"Manchester Siti" hujumchisi Riyad Marez APLning 15-turida "Uotford" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

"Biz har o'yin yirik hisobda g'alaba qozona olmaymiz. Qiyinchilikka uchragan bahslar bizni yanada kuchliroq qiladi. Ikkinchi golgacha yaxshi o'ynadik. Shundan so'ng yana vaziyatlarga ega bo'ldik va uchrashuvni yakunlashimiz mumkin edi, ammo 2:0dan keyin raqib bitta gol ursa, muxlislar o'z sevimlilarini kuchliroq qo'llay boshlaydi va bizning vazifa qiyinlashadi.

G'alaba va 3 ochkodan xursandmiz. Har uch kunda o'yin o'tkazishga tayyor bo'lishimiz kerak. Birinchi to'rtlikdagi har bir jamoa chempion bo'lishga qodir.

Hali hech narsaga erishmadik, ishlashda davom etishimiz kerak" - deydi Marez.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: mancity.com