

Buni "The Telegraph" tasdiqladi. Manbaning xabar berishicha, "tulkilar" rahbariyati o'yinchi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborayotgani uchun uni bir necha bor moddiy jarimaga tortishgan. Lekin, bu narsa jazoirlikka ta’sir qilmayapti.
Keltirilishicha, futbolchi APL 27-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda ham maydonga tushmaydi. Eslatib o'tamiz, o'yinchi "Lester" uni "Siti"ga qo'yib yubormaganidan norozi.




