Marek Xamshik: ""Fiorentina"ga qarshi bahsda g'alaba uchun xarakat qilamiz

Narzulla Saydullayev
29 okt 2013, 16:00
"Napoli" yarimhimoyachisi Marek Xamshik 10-turning markaziy uchrashuvida jamoasi "Fiorentina" ustidan g'alaba qozonishiga ishonishini aytib o'tdi.
Uchrashuv shanba oqshomida Florenciyada bo'lib o'tadi.

 – Xa, avvalgi uchrashuvda "Torino" ustidan belgilangan ikki penalti xisobiga g'alaba qozondik. Lekin shuni ham tan olish kerakki "Napoli" uchrashuv tizginini o'z qo'lida ushlab turgan edi. Raqib bizga jiddiy muammolar tug'dira olmadi. Biz xozirda o'z kuchimizga ishonamiz va faqatgina g'ala uchun xarakat qilamiz" – deya futbolchi so'zlarini keltiradi "Football Italia".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net