Marca: "Real" qishda yangi hujumchi uchun 50 million evro sarflamoqchi"

Tolibjon Qosimov
9 sen 2013, 19:15
Madridning "Real" klubi yanvar oyida yangi hujumchi sotib olishi mumkin.
Yozda klub "Napoli"ga Gonsalo Iguainni sotib yubordi.

Agar 25 yoshli Benzema mavsumning dastlabki qismida o'zini ko'rsata olmasa, "Qirollik klubi" yanvar oyida yangi hujumchi sotib oladi.

Marca nashrining xabariga ko'ra, "Real" yangi hujumchi uchun 50 million evro sarflamoqchi, nomzodlar orasida Luis Suares va Radamel Falkao tilga olinmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru