

Bikmaev o'tgan oy o'zi ishtirok etgan o'yinlarda 9ta gol urishga erishdi. U Oliy ligada 5ta, Chempionlar ligasida 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Lokomotiv" uyda "Nasaf"ni, safarda esa "Paxtakor"ni bir xil 2:1 hisobi bilan mag'lub etdi. Va har ikkala uchrashuvda kiritilgan to'rtta golga Bikmaev mualliflik qildi.
Bikmaev shuningdek, OCHLda "Al Taavon" bilan kechgan bahsda xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'ldi. So'rovnomada Marat Bikmaevdan tashqari Jaloliddin Masharipov, Ikrom Aliboev, Sardor Mirzaev va Kaxi Maxaradze ham eng yaxshi bo'lish uchun kurash olib borishdi.




