Maradona Falastin terma jamoasini boshqarishi mumkin
Aslanov Jasurbek
2 okt 2014, 12:08
Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradona yaqin vaqtlar ichida murabbiylik ishiga qaytishi mumkin.
53 yoshli mutaxassis Falastin futbol federatsiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Falastin terma jamoasi hozirda FIFA reytingida 102-o'rinni egallab turibdi va ular yanvar oyida Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida ishtirok etadi.