Manuel Pellegrini: "Real"ga qarshi hujumkor o'ynash kerak"

26 apr 2016, 00:59
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Real"ga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.


- Yevropa chempionlar ligasidagi yarim final o'yinidan zavq olish lozim. Chunki "Siti" har doim ham bu bosqichga qadar yetib kelavermaydi. Bizni qanchalik muhim o'yin kutib turganini barcha yaxshi his etib turibdi. Bo'shashmasligimiz kerak, raqib ham finalga chiqishni juda istamoqda. Ular ham bizga o'xshab g'alabani ko'zlab maydonga chiqishadi. Men faoliyatimni sovrinlarga qarab o'lchamayman. Uch yil ichida qilgan ishlarimni mevasini ko'rish uchun finalga yo'l olmog'imiz lozim. Shuningdek, jamoam qanday o'yin ko'rsatayotgani ham men uchun muhim. "Manchester Siti" hech qachon himoyadan o'ynamaydi. Himoyalanish orqali finalga chiqib bo'lmaydi. Biz hujumkor futbol ko'rsatishimiz lozim. "Real"ga qarshi hujumkor futbol o'ynaymiz. Finalga faqat shu yo'l orqali chiqishimiz mumkin. Barcha murabbiylar sovrin, ayniqsa YCHLda g'olib bo'lishni orzu qiladi. Men yana qaytaraman, menga jamoam chiroyli o'ynab g'alaba qozonishi muhimroq.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com