

“Real”da eng ko'p muhokama etiladigan mavzu futbolchilarning o'yini edi. Menga ayrim o'yinchilarning har qanday holatda ham maydonga tushishi kerakligi aytilgan, ammo men hech qachon kelishuv bo'yicha ish tutmaganman. Faoliyatim davomida Raul va Krishtianu Ronaldu bilan ishlash osonroq bo'lgan. Ular qanchalik katta g'alabalarga erishga bo'lsa ham ajoyib sportchi bo'lib qolavergan. Xuan Ramon Rikelme bilan esa ishlash juda qiyin bo'lgan. Boshqa murabbiylar bilan aloqamga keladigan bo'lsak, jumladan, Joze Mourinyo bilan ham aloqamiz juda yaxshi. Yaqinda Joze bilan Londonda ko'rishdik”,-deydi Pellegrini.



