Manuel Noyer muvaffaqiyatli operaciya qilindi (foto)

Aslanov Jasurbek
20 sen 2017, 18:14
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer muvaffaqiyatli operaciya qilindi.

Bu haqda futbolchi "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida e'lon qildi. Darvozabon qo'llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Operaciya muvaffqiyatli o'tdi. Tabrik va qo'llab-quvvatlashlar uchun rahmat" - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, Manuel Noyer mashg'ulot paytida oyog'ini sindirib olgandi. U yanvargacha maydonga tusha olmaydi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia