

- Jiji Buffon juda ko'p yillardan buyon yuqori saviyada o'ynab kelmoqda. Bu shunchaki fantastika. Men Buffonning YCHL doirasidagi va Italiya terma jamoasidagi o'yinlarini kuzatib kelaman. Buffon hech qanday mubolag'asiz o'sib kelayotgan yosh avlodga o'rnak hisoblanadi. Shaxsan men uchun ham Buffon katta o'rnak bo'lgan. Buffon hali ham yuqori saviyada o'z darvozasini himoya qilmoqda. Men uni hali hisobdan chiqara olmayman. Unga qarshi yana to'qnash kelayotganimdan xursandman. Biz Jiji bilan yaxshi tanishmiz. Bir-birimizni juda hurmat qilamiz. Men ham Buffonga o'xshab 40 yoshgacha o'ynay olamanmi? Bilmadim. Bu kabi maqsadlarni o'z oldinga qo'yishing qiyin. Men hozir 29 yoshdaman. Bu yerda hamma narsani inobatga olish lozim. Har qanday futbolchi o'z jismoniy holatidan kelib chiqib qaror qiladi. Hozircha jismoniy holatim yaxshi. Lekin 4-5 yildan so'ng nima bo'lishini bilmayman.



