Manuel Noyer: "Robert dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri"

Germaniya terma jamoasi posboni Manuel Noyer Polsha bilan o'yin oldidan klubdoshi Robert Levandovski haqida gapirib o'tdi.
Robert Levandovski dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri hisoblanadi. Uning to'p bilan muomalasi va zarbasi juda kuchli. Shvaynshtayger jarohatini davolash bilan band. Polsha bilan o'yinda jamoani men sardor sifatida olib tushaman. Bu juda katta mas'uliyat. Biz Bastian Shvaynshtaygerni tezroq safga qaytishini kutmoqdamiz.

Manba: fc-bayern.de