Rasman: Manuel Akanji "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi

Iskandarov Abdulaziz
1 sen 2022, 14:52
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Manuel Akanji "Manchester Siti"ga o'tdi.

"Tomonlar o'zaro 5 yilga mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan", – deydi "shaharliklar" matbuot xizmati. 

OAV xabarlariga ko'ra, mazkur transfer "Manchester Siti"ga 18 million evroga tushgan. 

Ma'lumot o'rnida takidlash joiz, 1995 yilda tug'ilgan futbolchi dortmundliklar safida 2018-2022 yillar oralig'ida 119 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 4 bor yo'l topgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: www.euro-football.ru