Mansur Saidov va Shukurali Po'latov "Qizilqum"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2017, 14:25
Farg'onaning "Neftchi" klubining ikki yetakchisi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishadi.
Mansur Saidov va Shukurali Po'latov yangi mavsumni Navoiyning "Qizilqum" klubi safida boshlashadi. Bundan tashqari "Qo'qon-1912"dan Otabek Zokirov, "Nasaf"dan Azamat Allaniyozov ham "oltin izlovchilar" tarkibida mashg'ulotda ishtirok etishmoqda.

"Qizilqum"ni bir qator futbolchilar tark etishgan: Nemanya Yovanovich, Hamza Karimov, Otabek Narzullaev, Elyor Akbarov, Shukur Jumaboev, Nodirxon Kamolov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia