

"Messi kabi inson menga birinchi o'rinni berayotgan ekan, bu men uchun katta sharaf. Bu men qanday yo'lda ekanligimni ko'rsatadi.
Bu darajagacha yetib kelish uchun men akademiyada tinmay mehnat qildim, har kuni o'z ustimda ishladim. Endi shu tempda borib, o'z orzularimga erishishim kerak.
Albatta, men ham Messiga ovoz berdim. Van Deyk - ajoyib futbolchi, biroq Messi birinchi bo'lishi kerak", - dedi Mane.



