Mane Afrika Kubogini qo'lga kiritganidan keyin Salohga nima deganini aytdi

Eldor Akmurzayev
8 fev 2022, 09:20
Afrika Kubogi hal qiluvchi bahsida Senegal TJ penaltilar seriyasida Misrni taslim etib, o'z tarixida ilk bor mazkur musobaqada g'olib bo'ldi.

Finalda “Liverpul”dagi jamoadoshlar Sadio Mane va Muhammad Saloh bir-biriga qarshi to'qnash kelishiga to'g'ri keldi.

“Unga qoyilmaqom futbolchi bo'lib qolishi va birga o'ynashimiz menga yoqishi haqida aytdim. Uni juda xurmat qilaman va u vatani uchun ko'p narsa qildi.

Afsuski, u g'alaba qozona olmadi, ammo bu uning uchun hammasi tugadi degani emas. Salohga hali ko'plab sovrinlarni yutishi, 2023 yilgi Afrika Kubogida g'olib chiqish imkoni borligini tushuntirdim. Ularda yosh jamoa bor va ehtimol bir kun kelib muvaffaqiyatga erishishadi”, deydi Mane.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: beIN Sports