Manchestyerdagi stadion oldida portlash yuz berdi

Aslanov Jasurbek
23 may 2017, 10:21
Manchestyerdagi "Manchester Arena" oldida xonanda Ariana Grande koncertidan so'ng ikki marotaba portlash yuz berdi.

Guvohlarning so'zlariga ko'ra, tadbirga yig'ilgan minglab odamlar orasida vahima ko'tarildi. Ilk ma'lumotlarga ko'ra, bir necha kishi vafot etdi.

"Ariana Grandi so'nggi qo'shig'ini yakunladi va sahnani tark etishi bilan portlash ovozi eshitildi. Minglab odamlar stadionni tark etishga urinishdi, ular baqirib yig'lashardi. Tutun va yongan narsalarning hidi kelardi. Juda qo'rqinchli bo'ldi" - deydi guvohlarning biri.

Manchester policiyasi portlash oqibatida odamlar vafot etganini, hamda jarohatlanganlar borligini tasdiqladi. Shahar aholisiga voqea joyidan uzoqroqda bo'lish tavsiya etilmoqda.

"Manchester Arena" o'z bag'riga 21 ming kishini sig'dira oladi. Bu yerda turli sport va madaniyat tadbirlari o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail