"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi bu yil boshqa maydonga tushmaydi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2017, 23:15
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Maruan Fellayni 2017 yil boshqa maydonga tushmaydi.

30 yoshli futbolchi oktyabr oyida Belgiya terma jamoasi safida jarohat olgandi. Bir oydan so'ng Chelsi bilan bahsda unda muammo paydo bo'ldi.

Fellayni Nyukasl, Bazel va Brayton bilan o'yinlarda og'riqlar bilan o'ynab, jarohatini og'irlashtirib oldi.

Belgiyalik futbolchi so'nggi bor 25 noyabr kuni maydonga tushgandi. Yarim himoyachi yanvar oyida safga qaytishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk