"Manchester Yunayted"ning transfer oynasidagi "ishi" tugadi

Tolibjon Qosimov
16 avg 2017, 21:51
"ESPN" nashrining ma'lum qilishicha, Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi ushbu yozda boshqa transferni amalga oshirmaydi.

Eslatib o'tamiz, klub Viktor Lindelef, Romelu Lukaku va Nemanya Matichlarni sotib olish uchun 160 million funt sarfladi. Yana yangi o'yinchi sotib olish uchun tarkibdagilardan kimnidir sotishga to'g'ri keladi, bosh murabbiy Joze Mourinyo esa bunday qilmoqchi emas. Mutaxassis mavsumning birinchi qismini shu tarkib bilan o'tkazmoqchi va agar zarur bo'lsa yanvarda tarkibni kuchaytirishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ESPN