"Manchester Yunayted"ning 4 futbolchisi Saudiya Arabistoni klublariga taklif qilindi

Mirjalol Normatov
19 dek 2023, 19:28
"Manchester Yunayted"ning bir qancha futbolchilari qishda Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin.

"Daily Mail" ma'lumotiga ko'ra, mankunianliklar sport direktori Jon Merto shu oyda Saudiya Arabistoniga borgan va bir qancha futbolchilarining sotuvi borasida mahalliy klublar bilan muzokaralar o'tkazgan. Futbolchilar qatorida Jeydon Sancho, Rafael Varan, Antoni Marsyal va Kazemiro kabi nomlar qayd etilgan.

Biroq Merto biror klub bilan kelisha olmagan, muzokaralar esa keyinroqqa belgilangan. Yanvar oyida MYU katta maosh olayotgan bir qancha futbolchilarini sotib yuborish niyatida bo'lib turibdi. Ulardan eng asosiysi - Sancho.

Shuningdek, Varan, Kazemiro va Marsyal borasidagi takliflar ham o'ylab ko'riladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail