"Manchester Yunayted"ning 3 futbolchisi "Vest Xem"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
20 sen 2019, 16:35
MYUning uch futbolchisi Angliya chempionati 6-turi doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi o'yingacha tiklanishga ulgurishmaydi.

Gap himoyachi Lyuk Shou, yarim himoyachi Pol Pogba va hujumchi Antoni Marsyal haqida ketmoqda.

Pogba "Sautgempton"ga qarshi o'yinda olgan jarohati sabab avgustdan beri tiklanish jarayonida.

Marsyal va Shouning jarohatlari esa jiddiyroq. Ular "Kristal Pelas" (1:2)ga qarshi o'yinda jarohat olishgan edi.

Eslatib o'tamiz, "qizil iblislar" 22 senyabr kuni "Vest Xem" maydoniga safar uyushtirishadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BBC