RASMAN: MYUni Sulsher boshqaradi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2018, 14:33
"Manchester Yunayted" rasmiy sayti jamoani mavsum oxirigacha boshqaradigan murabbiy nomini e'lon qildi.

MYUning norvegiyalik sobiq hujumchisi Ole-Gunnar Sulsher joriy mavsum yakunigacha "qizil iblislar" bosh murabbiyi sifatida ishlaydi.

Unga Mayk Filan, Maykl Kerrik va Kiran MakKenna yordam beradi.

Eslatib o'tamiz, 18 dekabr kuni Joze Mourinyu "Manchester Yunayted" bilan hamkorlikni to'xtatgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com