"Manchester Yunayted"ga "Tottenxem"ning ikki himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
10 mar 2018, 20:10
"Manchester Yunayted" "Tottenxem"ning ikki futbolchisini xarid qilmoqchi.

"The Sun" nashri xabariga ko'ra, gap Denni Rouz va Tobi Alderveyreld haqida ketmoqda. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi ushbu ikki futbolchidan birini Lyuk Shouning o'rniga olib kelmoqchi.

Oldinroq Alderveyreld "shporlar" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun