"Manchester Yunayted"dan tashqari yana bir klub Pochettinoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
16 yanv 2022, 13:27
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

49 yoshli argentinalik mutaxassisga "Manchester Yunayted"dan tashqari "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda. Ushbu klub vakillari ayrim shaxslar orqali mutaxassis bilan muzokaralar olib borgan. Ammo bu qay tariqa amalga oshayotgani ma'lum emas.

"Manchester Yunayted" vaqtinchalik bosh murabbiyi Ralf Rangnik bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph