

"Sky Sports"ning xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" yozda "Bornmut" vingeri Antuan Semenoni sotib olish uchun favorit.
"Qizil iblislar" yozda tarkibini jiddiy ravishda kuchaytirishni niyat qilgan. Ro'yxatning yuqori qismida Antuan Semeno ismi borligi aytilmoqda. Aynan Antuan orqali klub yarim himoya qanotini kuchaytirishni niyat qilgan.
APL joriy mavsumida Antuan Semeno 31 ta o'yinda gol+pas tizimida 8+4 natija ko'rsatmoqda.



