"Manchester Yunayted" yangi darvozabon topdi

Alisher
13 avg 2022, 14:17
"Sautgempton" darvozaboni Aleks Makkarti "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.

"Qizil iblislar" Makkartini zaxira darvozaboni roli uchun ko'rib chiqishmoqda. Jamoaning ushbu mavsumdagi birinchi raqami ispaniyalik David de Xea bo'ladi.

Manchesterliklarning tez orada "Sautgempton"ga Makkartining transferi bo'yicha rasmiy taklif berishi kutilmoqda.

Aleks o'tgan mavsum APL doirasidagi 17ta o'yinda 27ta to'p olib chiqdi va 5ta "quruq" o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun