"Manchester Yunayted" yana Milenkovichni kuzatmoqda

Alisher
19 mar 2022
"Manchester Yunayted" vakillari yana "Fiorentina" himoyachisi Nikola Milenkovichni kuzatishni boshlashdi.

Oldinroq, Milenkovich 2018 yilda jamoani Joze Mourinyu boshqarganda, "qizil iblislar" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan edi. Portugaliyalik mutaxassis o'yinchiga qiziqqandi, ammo u ketganidan so'ng himoyachiga klubning qiziqishi so'nggandi.

"Manchester Yunayted" endilikda yana futbolchini kuzatmoqda va u bilan 13 million evrodan ko'proqqa shartnoma imzolashi mumkin.

Milenkovich "Fiorentina" bilan shartnomani uzaytirmasligini ma'lum qilganidan so'ng unga bir necha Angliya klublari qiziqmoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Sun