"Manchester Yunayted" Xuan Mataning kyetishini e'lon qildi

Alisher
2 iyun 2022
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Xuan Mataning kyetishini e'lon qildi.

Shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggida yakuniga etadigan 34 yoshli ispaniyalik bitim yakunlanganidan so'ng klubdan ketadi.

Mata "Manchester Yunayted"da 2014 yilning yanvaridan beri o'ynayotgan edi. U jamoa tarkibida 285ta o'yinda maydonga tushib, 51ta gol va 47ta assist qayd etdi.

Mata MYU tarkibida Angliya Kubogi, Liga Kubogi, mamlakat Superkubogi va Yevropa Ligasida g'olib chiqqan.


AlisherMuallif
Manba: manutd.com